Rossiyalik harbiylar 5-avgustga ötar keçasi raketalar va dronlar bilan Ukraina böylab yopirilma zarba yölladi. Hujumning asosiy yönalişi Kiyev oblasti böldi, deb xabar qildi Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari qömondonligi. Kiyev ham zarbaga uçragan.
Ukraina qurolli kuçlariga köra, RF qöşini Ukraina böylab «Tsirkon»/«Oniks» rusumli kemalarga qarşi raketalardan törtta, «Iskander-M» rusumli 24 ta ballistik raketa, şuningdek, turli tipdagi 115 ta dron uçirgan.
Hujum oqibatida 17 kişi halok bölib, 44 kişi yaralandi, deb xabar berdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. «Ballistika tutuvçilar bugun halok bölganlarning hayotini saqlab qolişi mumkin edi. Hamkorlar bunday raketalar bilan ta’minlaşdagi keçikişlar yoki ballistikaga qarşi vositalarni topşirişga tayyor emaslik aynan şunday dahşatli qurbonlar va vayronagarçiliklarga olib kelişini tuşunişlari juda muhim», – deya qöşimça qilgan u.
Rossiya raketalari va dronlarini töxtatiş uçun aviatsiya, zenit raketa qöşinlari, radioelektron kuraş va pilotsiz tizimlar bölinmalari, şuningdek, mobil öt oçiş guruhlari jalb etilgan. Ammo Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari hisobotidan biliş mumkinki, ular birorta raketani urib tuşira olişmagan.
Havo kuçlari qömondonligi hisobotida faqat havo hujumidan mudofaa kuçlari rossiyaliklarning 98 ta dronini işdan çiqargani haqida gap ketadi. «26 ta lokatsiyada raketalar va 17 ta zarbdor dron zarbasi qayd etilgan, şuningdek, oltita lokatsiyaga urib tuşirilgan ob’yektlar parçalari qulagan», – deyiladi hisobotda. Odatda idora bayonotida, agar Rossiya raketalari urib tuşirilgan bölsa, bu haqda albatta alohida tilga olingan.
Zelenskiy ittifoqçilardan muntazam ravişda Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari uçun raketalar yetkazib berişni sörab keladi. 1-avgust kuniyoq u Ukrainada Patriot qurilmalari uçun tutib qoluvçi raketalar qolmaganini aytgandi. Bunday raketalar va komplekslar Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari uçun öta muhim hisoblanadi. Kiyevdagilar Rossiyaning doimiy zarbalari şaroitida Patriot uçun snaryadlar yetişmovçiligidan şikoyat qilib kelgan va agar raketalar muammosi qişga qadar hal qilinmaydigan bölsa, Rossiya energetika infratuzilmasi böylab zarbalarni sezilarli darajada kuçaytirişi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Iyul oyida Oq uydagi uçraşuvda ham Volodimir Zelenskiy Donald Trampdan qişgaça Patriot uçun raketalarning şoşilinç paketini taqdim etişni söragandi. The Atlantic ma’lumotiga köra, Amerika prezidenti rad javobini bergan. AQŞning özi ham Eron bilan davom etayotgan uruş fonida raketalar taqçilligini boşdan keçirmoqda. Tramp Kiyevga Patriot uçun raketalar işlab çiqarişga litsenziya berilişini aytgandi. Ammo keyin bu va’dasidan tondi.

















