«Ijtimoiy tarmoqlarda barça pensiya oluvçilarining HUMO kartalariga ötkazilişi töğrisidagi xabarlar faol tarqalmoqda. Ammo aytiş joizki, qay turdagi kartani çiqariş va uni kimga berişga oid qarorlar bank faoliyati doirasida qabul qilinadi. Milliy banklararo protsessing markazi kartalarni faqatgina bank tomonidan berilgan buyurtmadagi miqdorga asoslanib çiqaradi.

Bugungi kungaça, «Xalq banki» ma'lumotiga köra, pensiya oluvçilar uçun jami 1 228 000 (bir million ikki yuz yigirma sakkiz ming) karta çiqarilgan, ulardan faqat 391 000tasi, ya'ni 32 foizi HUMO kartalaridir.

7 va 8 may kunlari, soat 11:00dan soat 13:00gaça POS terminallari orqali tölovlarni amalga oşirişda qiyinçiliklar kuzatildi. Bunga pul mablağlarini pensiya kartalariga ötkaziş operatsiyalarining şiddatli ravişda ösişi, şuningdek bank kassalari va bankomatlari orqali pul mablağlarini naqdlaştiriş xizmatlariga talab yuqoriligi sabab böldi.

Bularning barçasi keskin va qisqa muddatli nosozliklarga, ya'ni natijasiz bank operatsiyalari soni ösişiga sabab böldi. Ammo bu vaziyat bankomatlar yoki elektron tölov tizimlari faoliyatiga ta'sir körsatmadi», deyiladi xabarda.

Ayni damda protsessing markazi quvvatlarini kengaytiriş va dasturiy ta'minotni yaxşilaş böyiça uzluksiz iş olib borilayotgani qayd etilgan.

Karta egalariga qöşimça qulayliklar yaratiş uçun MBPM «Xalq banki» bilan hamkorlikda pensiya oluvçi mijozlarga xizmat körsatiş böyiça işlar yanada takomillaştirilmoqda: bankomatlar hududiy qayta örnatilmoqda, qöşimça kassalar oçilmoqda.

«Karta egalariga yuzaga kelgan vaziyat uçun uzrlarimizni bildiramiz. HUMO – nisbatan yangi tizim, uni takomillaştiriş böyiça işlar davom ettirilmoqda. Biz bor kuçimiz bilan mijozlarimiz işonçini oqlaşga va bu tizimni imkon qadar qulay va işonçli qilişga harakat qilyapmiz», deya ta'kidlaydi «Milliy banklararo protsessing markazi» MÇJ direktori Şuhratbek Qurbonov.