Bu haqda turk xoldingi matbuot xizmatiga tayanib Tengrinews.kz naşri xabar berdi.
Ta’kidlanişiça, aksiyalar barça yuridik jarayonlar yakunlangandan keyin yangi egasiga topşiriladi.
“Qozoğiston mintaqada ham geografik, ham iqtisodiy jihatdan eng yirik davlat hisoblanadi. Olmaota esa mamlakatning eng yirik şahri bölib, unga mamlakat yalpi içki mahsulotining 20 foizi töğri keladi. Bundan taşqari, u Xitoy, Yevropa va Afrikani boğlovçi “zamonaviy Ipak yöli”ning markazidir. Unda yaxşi salohiyat bor va biz öz bilimlarimizga tayanib, uni töliq hajmda amalga oşiriş ustida işlaymiz”, deb aytgan xolding prezidenti va boş direktori Sani Şanar.
Oçiq manbalarga köra, Olmaota aeroportining 100 foiz aksiyasi Venus Airport Investment B.V. kompaniyasiga tegişli.
Avvalroq aeroport turk kompaniyasiga sotilişi mumkinligini ma’lum qilingan. Şuningdek, aeroport terminalini kengaytiriş uçun 270 mlrd tenge sarflanişi rejalaştirilayotgani ma’lum bölgan.
Ma’lumotlarga köra, TAV Airports Holding xoldingi 1997 yilda Tepe va Akfen kompaniyalar guruhi tomonidan taşkil etilgan. Asosiy faoliyati Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroport, Anqaradagi Esenboğa aeroporti va Turkiyaning yana bir qança aeroportlaridagi xalqaro terminallarni boşqariş hisoblanadi.
Kompaniya, şuningdek, Tbilisi va Batumidagi, Tunisdagi Xabib Burgib nomidagi, Saudiya Arabistonidagi Madina va Xorvatiyadagi Zagreb aeroportlarini boşqaradi. Kompaniya 2018 yilda 152 mln yölovçiga va 1 mlntaga yaqin reysga xizmat körsatgan.













