Xitoy AQŞning qimmatli qoğozlarini sotişni boşlaşi va şu orqali dollar kursining tuşib ketişini yuzaga keltirişi mumkin, deb yozmoqda South China Morning Post.

Naşrning qayd etişiça, Pekin AQŞning 1,1 trillion dollarlik davlat obligatsiyalariga ega va koronavirus sababli ikki mamlakat örtasida paydo bölgan kelişmovçilik ortidan AQŞ qimmatli qoğozlarini sotiş imkoniyatini körib çiqmoqda.

"Bu öz navbatida, AQŞ davlat obligatsiyalari bozori uçun muammolar keltirib çiqarişi mumkin, çunki Vaşington pandemiyaga va u bilan boğliq iqtisodiy zararga qarşi kuraş böyiça qator dasturlarni moliyalaştiriş uçun yangi qimmatli qoğozlarni çiqarişni sezilarli darajada oşirmoqda", — deyiladi gazetada.

Tahlilçilarning fikriça, bu AQŞning obrösiga putur yetkazadi va uning butun dunyodagi investorlarga tölay oliş layoqatini savol ostiga qöyadi.

Maqola mualliflarining qayd etişiça, bu qadam Pekin tomonidan oxirgi çora sifatida körilmoqda va Xitoy rahbariyati Vaşingtonga dastlab boşqa yöl bilan bosim ötkazişga urinib köradi.

AQŞ aprelda koronavirus qanday paydo bölgani va Xitoy qanday qilib uning tarqalişini tezda töxtata olgani borasida suriştiruv boşlagani ma'lum qilingandi. Ayrim taxminlarga köra, virus Uhandagi laboratoriyadan tarqalgan.

Şu bilan birga, AQŞ razvedkasi virusning sun'iy ravişda yaratilmaganini bildirgan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy COVID-19 koronavirusini ataylabdan tarqatganiga işonmasligini aytgandi. 

Xitoy Uhandagi virusologiya instituti pandemiya manbai bölganligini rad etmoqda.