Bu haqda The Judge 13 portali xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, Avstriya poyganing birvarakayiga ikkita bosqiçini qabul qiladi: birinçi bosqiç 5 iyulda, ikkinçisi 8 yoki 9 iyulda ötadi. Şundan keyin Britaniyada 19 va 23 iyulda yana ikkita bosqiç bölib ötadi. Bosqiçlar tomoşabinlarsiz ötadi, avtodromga faqat poygani efirga uzatuvçi televizon brigadalar qöyiladi.

“Har bir jamoa alohida mehmonxonada joylaştiriladi”, deyilgan xabarda.

Koronavirus pandemiyasi sababli “Formula-1” taqvimi jiddiy özgarişlarga uçragandi. Avvalroq Avstraliya, Monako va Fransiyadagi bosqiçlar bekor qilingandi hamda Bahrayn, Vetnam, Kanada, Xitoy, Niderlandiya, Ispaniya, Ozarboyjondagi bosqiçlar noma'lum muddatga köçirilgandi.