Jurnalistlarning karantin çoralari muddati uzaytirilişi ehtimoli haqidagi savolga javob bergan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu masala duşanba kungi yiğilişda muhokama qilinişini bildirdi.
Aprel oyi oxirida Putin uçinçi marta işsiz kunlar rejimini uzaytirgan va hukumatga 5 maygaça karantindan çiqiş böyiça reja işlab çiqişni topşiriq qilgandi.
6 may kuni Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova prezidentga çeklovlarni uç bosqiçda bekor qiliş böyiça taklif berdi, har bir bosqiçda faoliyatiga ruxsat beriladigan sohalar röyxati kengayib boradi. U bunday qarorlar hududlar gubernatorlari tomonidan qabul qilinişini taklif qildi.
Rossiyada dam oliş kunlari 25 martda boşlangandi, 2 aprel kuni prezident işlanmaydigan kunlar oy oxirigaça davom etişini e'lon qildi. Öşanda Putin Konstitutsiyaga özgartiriş böyiça umumxalq referendumi qoldirilganini ma'lum qilgandi.
Rossiya: Koronainqirozning plyus va minuslari
Tibbiy niqob majburiy
Operativ ştab ma'lumotiga köra, sönggi bir kunda 11 ming 12 kişida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, şundan 5551 holat - poytaxt Moskvada qayd etilgan. Keyingi örinlarda Moskva viloyati (20,5 ming kişi) va Sankt-Peterburg (7 404 kişi) joylaşgan.
Rossiyada jami zararlaniş holatlari soni 209 688taga yetgan, Moskvada 109 740 holat.
Ştab ma'lumotiga köra, sönggi aniqlangan holatlarning qariyb yarmida (42,4 foizi) infeksiyaning klinik alomatlari bölmagan.
Mamlakatda sönggi bir kunda 88 kişi koronavirus oqibatida vafot etdi, şundan 58 kişi ölimi Moskvada qayd etilgan. Rossiyada epidemiya boşlanganidan buyon Covid-19 bemorlarining 1915 nafari vafot etgan.
Sönggi bir kunda 2390 bemor soğaygan, şundan 1011 kişi - Moskvada. Rossiyada şu vaqtgaça 34 306 bemor soğaygan.
Rossiya jahonda koronavirusdan zararlaniş holatlari soni köpligi böyiça jahon reytingida beşinçi örinda qolmoqda. Törtinçi örindagi Buyuk Britaniyada bemorlar soni sönggi bir kunda 3,8 mingdan ortiqroq ösib, 215 mingdan oşgan. Rossiya bir kundan keyin Buyuk Britaniyadan özib ketib, törtinçi öringa kötarilişi ehtimoli yuqori.












