Boş vazir örinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorovning sözlariga köra, YeOIIdagi kuzatuvçi davlat maqomi xalqaro taşkilotlar bilan özaro munosabatlarda muammo keltirib çiqarmaydi.

YeOIIda kuzatuvçi davlat maqomi xalqaro taşkilotlar bilan munosabatlarga qanday ta'sir qiladi?

YeOIIda kuzatuvçi davlat maqomi xalqaro taşkilotlar bilan munosabatlarga qanday ta'sir qiladi? 👉 https://kun.uz/06462134

Posted by

Kun.uz

on Monday, May 11, 2020

«Xalqaro valuta jamğarmasi böladimi, Jahon banki böladimi, Osiyo taraqqiyot banki böladimi, heç qaysi xalqaro iqtisodiy taşkilotlar, moliyaviy taşkilotlar bilan muammo bölmaydi. Biz bu savolni töğridan-töğri berganmiz. 

Bir söz bilan aytganda, avval kuzatuvçi bölganimiz bilan hozir kuzatuvçi bölayotganimizning orasida prinsipial farq bor. Biz hozir birovdan qoçib yoki birovga qarşi bölib kuzatuvçi sifatida iştirok etayotganimiz yöq. Davlatimizning, prezidentimizning hozirgi taşqi siyosati - hamma bilan bir xil, yaxşi, konstruktiv aloqada böliş. 

Töğridan-töğri savollar berganmiz, töğri javoblar ham olganmiz. Bironta taşkilotdan qandaydir şubha ham bildirilmagan. Öylaymanki, xavotirga örin yöq», - dedi Jamşid Qöçqorov.