Tarixdagi eng yirik kapitallaşgan korporatsiya – Apple Distribution International Limited Özbekistonda ixtiyoriy ravişda QQS tölovçisi sifatida röyxatdan ötdi va I çorakdagi faoliyati natijalariga köra, davlat budjetiga 59,2 ming AQŞ dollari miqdorida soliq töladi. Bu haqida Davlat soliq qömitasi xabar berdi.

«Avval xabar qilganimizdek, 2020 yildan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida jismoniy şaxslarga xizmatlarni elektron şaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uçun qöşilgan qiymat soliği (QQS) tölaş tartibi joriy etilgan edi.

 Bugungi kunga qadar Özbekistonda elektron xizmat körsatayotgan 10ta çet el kompaniyasi «Internet-kompaniyalarning QQS ofisi» (http://tax.uz) orqali qöşilgan qiymat soliği (QQS) tölovçisi sifatida röyxatdan ötdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston hududida elektron xizmat körsatuvçi xorij kompaniyasi – «Google Commerce Limited» ham QQS tölovini amalga oşirgan edi. Mazkur kompaniya joriy yilning I çoragi yakunlariga köra, davlat budjetiga 85 ming yevro töladi.

Bundan taşqari, filmlar va seriallar yetkazib beruvçi – Netflix International B.V. kompaniyasi ham Özbekiston budjetiga 4,3 ming yevro miqdorida QQS tölagan.

Çet el kompaniyalarining ixtiyoriy ravişda röyxatdan ötişi va soliqlarni tölaşi hududida pullik xizmat körsatayotgan mamlakat qonunlarini hurmat qilişlarini anglatadi.

Davlat soliq qömitasi soliq tölovçi sifatida röyxatdan ötgan va mamlakat budjetini töldirayotgan xorijiy kompaniyalar haqidagi xabarlarni yetkazişni davom ettiradi», deyiladi qömita tomonidan berilgan xabarda.