Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xizmati organlari xodimlari “Örikzor” bozorida tadbirkorlardan işlanmagan kunlar uçun tölov hamda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga majburiy ravişda xayriya mablağlari ötkaziş talab qilayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.
DSQ matbuot xizmati xabariga köra, mamlakatda xayriya amallari ixtiyoriy bölib, muhtojlarga yordam körsatgan tadbirkorlar bir qator soliq imtiyozlaridan foydalanişlari mumkin.
Bildirilişiça, xayriya yordami körsatayotgan tadbirkorlar hamda ularni olayotgan jismoniy şaxslar töğrisidagi ma'lumotlar Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligining saxovat.argos.uz saytida şakllantirib borilmoqda.
Uşbu saytga joylaştirilgan ma'lumotlar prezidentning 27 apreldagi PF-5986-son Farmonida belgilangan soliq imtiyozlarini qöllaş uçun asos bölib xizmat qiladi.
“Davlat soliq qömitasi tomonidan soliq xizmati organlari xodimlari “Örikzor” bozoridagi tadbirkorlarni xayriya mablağlari ötkazişga majburlayotganligi holati zudlik bilan örganib çiqildi. Işontirib aytamizki, bu ma'lumotlar haqiqatga töğri kelmaydi.
Hurmatli tadbirkorlar! Agarda siz davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan xayriya işlariga majburlaş holatlariga duç kelsangiz, bu haqda Davlat soliq qömitasining 71-244-98-98 raqamli “Işonç telefoni”ga zudlik bilan murojaat qilişingizni söraymiz.
Bunday faktlar tasdiqlangan taqdirda DSQ rahbariyati tomonidan davlat soliq xizmati organlari xodimlariga nisbatan qat'iy çoralar köriladi”, - deyiladi ma'lumotda.
















