Ha, qançadan-qança odamlarning hayotiga zomin bölgan, qançadan-qança oilalarning yostiğini quritgan, bani başar taqdirini kutilmaganda izdan çiqarib yuborgan bu be'mani uruşdan (uruşning ma'nilisi bölmaydi, aslida) keyingi avlodlarga ming yillarga tatigulik iztiroblar, xotiralar va unutilmas saboqlar qoldi.
9 may kuni Özbekiston telekanallarida premerasi bölib ötgan «Ilhaq» filmi ham mana şu ölmas va oğriqli mavzu haqida.
Bugun «Ilhaq» haqida jamoatçilik va mutaxassislar orasida allaqaçon bahslar boşlanib ulgurdi. Ya'ni film atrofida turli e'tirof va e'tirozlar yangramoqda. Şundan kelib çiqqan holda aytiş mumkinki, mazkur film özbek tomoşabinini ta'sirlantiriş barobarida, auditoriyada öziga xos munosabat tölqinini ham uyğota oldi.
Uşbu maqolada baliq ovi paytida qarmoq uçiga çuvalçang yoki boşqa narsa iliş kerak edi, deb aql örgatiş yölidan bormoqçi emasmiz. Çunki baliq allaqaçon qarmoqqa ilinib böldi – film namoyiş etildi. Zotan, endi çuvalçang haqida emas, balki baliq haqida söz yuritişimiz töğriroq va mantiqliroqdir.
Albatta, filmni boşdan-oyoq tahlil qiliş ança kuç va hajmni talab qiladi. Şu bois asarning ayrim qabariq nuqtalariga asoslangan holda, ba'zi fikrlarni bayon etişni lozim topdik.
Film Ikkinçi jahon uruşida beş nafar farzandidan judo bölgan özbek ayoli – Zulfiya Zokirovaning ayançli qismatiga bağişlangan. Jahongir Ahmedov rejissyorligidagi mazkur kartina markazida mehr-muhabbat va sabr-u matonat timsoli – Ona obrazi turadi.
«Ilhaq»da uruş haqidagi keng tarqalgan klişe – qoliplardan keng foydalanilgani bor gap. Şu bois filmni tomoşa qilar ekansiz, uruş töğrisidagi ba'zi film va adabiy asarlar, xususan, Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasidagi «Qirq beş kun» (Katta Farğona kanalining qurilişi), «Hijron kunlarida» (Bahodir Ahmedov ijrosidagi Melsning uruşdan qoçişi) va Ötkir Hoşimovning «Ikki eşik orasi» romani (frontorti maşaqqatlari, Nigora Karimboyeva ijrosidagi Saidaning raisga öynaş bölişi), Saida Zunnunovaning «Ruh bilan suhbat» dostoni (Elga töy bergan beva ayol – Dilorom Karimova ijrosidagi Zulfiya ayaning marhum eri bilan unsiz suhbati) beixtiyor yodingizga tuşadi. Ammo filmdagi har bir kadrda öziga xos samimiyat va özbekona ruh ufurib turadi. Ya'ni asarning tag zaminida inkubatordan çiqqan sun'iy ssenariy emas, balki badiiy asar yotgani yaqqol seziladi.
Filmdagi dialoglar puxta tuzilgan. Unda sönggi yillarda yaratilayotgan «xontaxta»larga xos baçkanalik, zöraki kulgi, ortiqça ohanjama va balandparvoz sözamollik yöq. Balki buni film ijodiy guruh tarkibidan taniqli söz san'atkorlari Xayriddin Sultonov, Erkin A'zam, Şuhrat Rizayev kabilar joy olgani bilan ham izohlaş mumkindir.












