Bugun davlat va nodavlat telekanallarda prezident taşabbusiga köra “Özbekkino” MA buyurtmasiga asosan suratga olingan “Ilhaq” badiiy filmining premerasi bölib ötdi.
Agentlikning yuridik xizmati boşliği Bobir Muqadamovning ma'lum qilişiça, ayrim şaxslar tomonidan uşbu film telegram kanallari va Youtube resursida ham qöyilyapti.
“Bu holat esa uşbu film milliy kinomahsulot sifatida Kann, Berlin, Oskar va boşqa xalqaro kinofestivallarda çiqişini töxtatib qöyadi. Şu sababdan, “Özbekkino” MA barça telegram kanallari adminlari va YouTube kanali egalaridan uşbu filmni öçirişlarini söraydi. Aks holda, uşbu resurslar egalari qonunçilikka asosan javobgarlikka tortilişi haqida ogohlantiramiz!
Özbek kinosining xalqaro darajada tan olinişiga öz hissangizni (şunçaki filmni öçirib) qöşasiz degan umiddamiz” – deydi B. Muqadamov.












