Özbekiston Kinaorboblari ijodiy uyuşmasi “Oltin Humo” milliy kinotaqdimotining saralaş bosqiçi yakuniga yetgani haqida xabar qildi. Saralaş komissiyasi a'zolari tomonidan tanlangan nomzodlar nominatsiyalar böyiça ğoliblik uçun da'vogarlik qilişadi.

Saralangan filmlar "Oltin Humo" milliy kinotaqdimotida 2019 yilning 1 yanvaridan 2020 yilning 31 dekabriga qadar (ikki yil davomida) premerasi bölib ötgan kinomahsulotlar orasidan tanlab olingan.

Ma'lumotlarga köra, badiiy filmlar uçun ajratilgan jami 14 ta nominatsiyaning 13 tasida – "Eng yaxşi kompyuter grafikasi", "Eng yaxşi ovoz rejissyori", "Eng yaxşi grim rassomi", "Eng yaxşi montaj işi", "Eng yaxşi libos böyiça rassom işi", "Eng yaxşi rassom işi", "Eng yaxşi kino bastakori", "Eng yaxşi operatorlik işi" , "Eng yaxşi rejissyorlik işi", "Eng yaxşi ayol roli", "Eng yaxşi erkak roli", "Tomoşabin mehrini qozongan film" nominatsiyalarida “Ilhaq” badiiy filmi ğoliblikka da'vogarlik qilgan.

Biroq eng muhim nominatsiyalardan biri bölgan"Eng yaxşi ssenariy" da'vogarlari orasida "Ilhaq" yöq.

“Ilhaq” badiiy filmi ssenariysi hammuallifi Hasan Toşxöjayev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bunday qarordan hayratda ekanligini bildirdi:

– Biz öqigan dargohlarda film muvaffaqiyati uçun ssenariy juda muhimligini uqtirişgan. Kino olamida bir gap bor – katta-katta kinotanqidçi va kinotalqinçilarning fikriga köra, har qanday filmning zamirida uçta faktor – ssenariy, ssenariy va yana ssenariy yotadi. Biroq 13 ta nominatsiyada 5 ta kuçlilar qatorida bölgan "Ilhaq" "Eng yaxşi ssenariy"da loaqal beşinçi öringa ham loyiq körilmagani meni taajjubga soldi.

Albatta, hammuallif bölganim uçungina xafa bölayotganim yöq. Lekin ssenariysi böş bölgan film qanday qilib 13 ta nominatsiyada da'vogarlik qilişi mumkin?

Uyuşma raisi Matyoqub Matçonovdan bu masala böyiça izoh oldik:

– Bir jihatni ta'kidlaşim kerak – uyuşmamiz bu tanlov taşkilotçisi bölsada, saralaşda iştirok etmagan. Boşqaruv kengaşimiz tomonidan tuzilgan komissiya a'zolari mustaqil iş olib borganlar va heç kim ularning işiga aralaşmagan. Endi şaxsiy fikrimni aytsam – “Ilhaq” badiiy filmi juda köp nominatsiyalarda da'vogar bölib turibdi. Bittagina nominatsiyaga kirmay qolgani film qadrini tuşirmaydi.