«Humo tölov tizimida 7-8 may kuni yuzaga kelgan muammo hal qilinişi zarur bölgan boşqa masalalar borligini ham yaqqol körsatdi. Pensiya mablağlarini yagona bank orqali pensionerlarga yetkaziş tizimi öz samarasizligini va bu amaliyotdan voz keçiş lozimligini körsatdi.
Bunday muammolar takrorlanmasligi uçun Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda pensiya mablağlarini yetkaziş tizimi tubdan qayta körib çiqilib, tegişli takliflar işlab çiqildi.
Şu munosabat bilan, pensionerlarga bank xizmatlaridan foydalanişda maksimal darajada qulaylik yaratiş maqsadida xizmat körsatadigan banklarni tanlaş imkoniyati beriladi. Bu orqali pensionerlar özlariga maqbul bölgan ixtiyoriy bankda hisob raqami oçiş orqali ularning bank kartasidan foydalanişga imkoniyat yaratiladi.
Tanlaş imkoniyati bir martalik bölmasdan, pensionerlar körsatilayotgan bank xizmati sifatidan qoniqişidan kelib çiqib, xizmat körsatuvçi bankni özgartirişi mumkin. Bu jarayonning yana bir ijobiy tomoni şundaki, banklar tomonidan mijozbay işlaşga bölgan raqobat muhiti yaratiladi. Bu, albatta, bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi va ma'lum muddatni talab qiladi», dedi Markaziy bank vakili.
U Kun.uz muxbiri bilan suhbat çoğida plastik kartalarning umumiy soni böyiça ham ma'lumot berdi.
«Bugungi kunga qadar umumiy hisobda 21,3 mln dona plastik kartalar muomilaga çiqarilgan bölsa, ularning 4,1 mln donasi Humo kartalari, qolgan 17,2 mln donasi Uzcard tizimida işlovçi kartalardir.
«Xalq banki» tomonidan pensiyalar va nafaqalar uçun jami 620 ming dona plastik kartalar muomalaga kiritilgan va ulardan 377 ming donasi Humo, 242 mingdan ortiqroği Uzcard tizimi kartalari», deydi u.











