Toşkentning Uçtepa tumanidagi Farhod avtomobil ehtiyot qismlar bozorida koronavirusga gumon qilingan fuqaroda Covid-19 infeksiyasi aniqlanmadi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lum qildi.

«Kuni keça ijtimoiy tarmoqlarda «Farhod» bozoridagi ehtiyot qismlar rastalari tadbirkorlaridan birida yuqori harorat kuzatilganligi tufayli bozor yopib qöyilganligi haqidagi xabarlar e'lon qilingan edi. Aslida esa şu kuni  bozor xududiga kiraverişda örnatilgan tibbiy  tekşiruvlar davomida bir nafar fuqaroda yuqori harorat aniqlangan va u darhol izolyatsiyaga olingan edi.

Koronavirusga gumon qilingan fuqaro bozor hududiga kirişga ulgurmagan. Keçaning özida 1989 yilda tuğilgan (erkak) uşbu fuqarodan koronavirusga ötkazilgan diagnostik tahlil unda Covid-19  infeksiyasi  aniqlanmaganligini körsatdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Şu kunlarda mazkur bozorda dezinfeksiya işlari amalga oşirilmoqda va ularning yakuniga köra bozor işga tuşişi rejalaştirilgan.

11 may kuni Toşkent şahar Uçtepa tumanida joylaşgan Farhod avtomobil ehtiyot qismlari bozori içidagi barça xodimlari bilan yopilgani, tadbirkorlarning birida yuqori tana harorati kuzatilgani haqida xabar berilgan edi.

Toşkent şahar IIBB bozor dezinfeksiya qiliş va savdo joylarini sanitariya-epidemiologiya me'yorlariga muvofiqlaştirilişi uçun yopilgani, tadbirkorlardan birining isitmasi borligi haqida tarqagan ma'lumot haqiqatga töğri kelmasligini ma'lum qilgandi.

Şuningdek, Uçtepa tuman hokimligi matbuot xizmati ham bozor tadbirkorlardan birida yuqori tana harorati aniqlangani sabab yopilgani töğrisidagi xabarlarni rad etgan hamda mazkur savdo qatorlarida Sanitariya kuni e'lon qilganini bildirgan.