Qönğirotda juda köp miqdordagi mol-mulkni özlaştiriş holati aniqlandi

Departamentning Qönğirot tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, «I.» MÇJ ta'sisçisi A.I. tuman hokimiyati balansida bölgan qurilişi tugallanmagan umumiy qiymati 390,6 mln söm bölgan mehmonxona binosini 705,0 mln söm investitsiya kiritiş, 550 öringa möljallangan ta'lim markazini taşkil etiş va yangi iş örinlarini yaratiş majburiyatini olgan holda «nol» qiymatda xarid qilib, amalda şartnoma şartlarini bajarmasdan, soxta tadbirkorlik, ya'ni korxona ustavida körsatilgan faoliyatni amalga oşirmasdan uşbu binoni buzib, quriliş materiallarini öz şaxsiy ehtiyojlariga işlatib, juda köp miqdordagi mol-mulkni özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Ellikqal'ada kollej binosini ta'mirlaşdagi talon-torojliklar foş etildi

Departamentning Ellikqal'a tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, Ellikqal'a qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji mansabdor şaxslari, mansab vakolatlarini suiiste'mol qilişib tumandagi «E.S.Q.» MÇJ tomonidan kollej binosida ta'mirlaş işlari töliq bajarilmagan bölişiga qaramasdan, rasmiy hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritişib, 59,6 mln söm budjet mablağlarini rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Xöjaobodda fermerdan 10 000 dollar undirmoqçi bölgan kadastr xodimi uşlandi

Departamentning Andijon viloyat boşqarmasi hamda DXX viloyat boşqarmasiga Xöjaobod tumanida faoliyat yurituvçi «D-A.» fermer xöjaligi rahbari U.R.dan murojaat kelib tuşgan.

U.R. öz murojaatida tuman «Yer-mulk kadastri davlat korxonasi» mutaxassisi J.I. fermer xöjaligiga tegişli bölgan 10 gektar yer maydonini uning turmuş örtoği D.A.ning nomiga boğdorçilik yönalişida faoliyat yuritiş uçun qarori çiqartirib beriş evaziga 15.04.2020 yilda