Mamlakatda karantin talablarini huşyorlikni oşirgan holda yanada yumşatiş, iqtisodiyot tarmoqlarini bosqiçma-bosqiç işlatiş, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş çora-tadbirlari yuzasidan ötkazilgan yiğilişda davlat rahbari hukumat tarkibidagi özgarişlar mohiyatiga ham töxtalib ötdi.

Ma'lum qilinişiça, bugun prezidentning «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilingan. Uşbu hujjat bilan boş vazirga yangi vazifalar yuklatilgan, uning örinbosarlari örtasida ham vazifalar qayta taqsimlangan.

«Ijtimoiy sohaning ahamiyati ortib borayotgani bois Boş vazirning ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimi joriy etildi. Bu lavozimga şu kungaça Davlat soliq qömitasi raisi vazifasida işlab kelgan Behzod Musayev tayinlandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Öz navbatida Davlat soliq qömitasi rahbarligiga şu vaqtgaça prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida işlab kelgan Şerzod Kudbiyev tayinlangani ma'lum qilingan.

Yiğilişda Samarqand va Qaşqadaryo viloyati hokimlari, boşqa hudud va tarmoqlar rahbarlari belgilangan vazifalar ijrosini taşkil etiş yuzasidan hisobot berdi.