2020 yil 13 may kuni soat 21:00da kuçli yomğir yoğişi natijasida Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumani hududidan oqib ötuvçi «Oltinsoy» soyining suv hajmi sezilarli darajada oşgan. 

Mazkur holat natijasida suv toşqini yuzaga kelişi mumkinligi sababli viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat tizimi (FVDT) kuç va vositalari yordamida uşbu hududda istiqomat qilayotgan 900 nafar fuqaro xavfsiz (yaqin qarindoşlari uylari) hududga vaqtinça köçirildi.

FVV xabariga köra, şu kuni Boysun tumanidagi «Pasurxi» mahallasiga Boysun toğ tizmasiga surunkali yomğir yoğişi natijasida «Oybarak» soyi orqali sel kelgan.

Şuningdek, tumanning «Hunarmandlar» mahallasidan oqib ötuvçi «Avlod» soyi orqali sel kelişi oqibatida «Avlod» hamda «Sariosiyo» qişloqlarini boğlab turuvçi köprikni suv bosganligi tufayli avtomobillarning harakatlanişi vaqtinça töxtatilgan.

Vaziyat viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi tomonidan töliq nazoratga olingan. Ayni damda boşqarma qutqaruvçilari hamda FVDTning 150 dan ortiq xodimi, şuningdek, 20 ga yaqin texnika yordamida sel oqibatlarini bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.

Sel oqibatida jabrlangan va halok bölganlar töğrisida ma'lumot kelib tuşmagan.