Strategy Analytics tahliliy firmasi 2020 yil 1-çoragida butun dunyoda Android-smartfonlar savdosi böyiça hisobotni taqdim qildi. Tadqiçotçilar ma'lumotlariga köra, joriy yil boşida eng xaridorgir smartfon Samsung qurilmasi böldi.

Şu tariqa, Android operatsion tizimida işlovçi eng xaridorgir smartfonlar reytingiga Samsung Galaxy A51 hamyonbop smartfoni yetakçilik qilmoqda. 1-çorak uşbu smartfondan 6 mln dona sotilgan va bu körsatkiç uşbu vaqt içida sotilgan barça Android-smartfonlarning 2,3 foizini taşkil qiladi. Galaxy A51 butun dunyoda, ayniqsa Yevropa va Osiyoda talabgir bölgan.

2-öringa Redmi 8 qöyilgan, uşbu smartfon bozorning 1,9 foizini egallagan. Smartfon asosan Xitoyda talabgir hisoblanadi, biroq Yevropada ham unga qiziqiş ortib bormoqda.

Yuqoridagi ikki smartfon ham örta va hamyonbop narxdagi qurilmalar segmentiga kiradi. Strategy Analytics’da ta'kidlanişiça, arzon gadjetlarga talabning oşişi foydalanuvçilar koronavirus pandemiyasi ortida öz moddiy holatlaridan taşvişlanişlari bilan boğlangan.

Reytingga hammasi bölib 6 ta smartfon kiritilgan. Uşbu röyxatga kirgan yagona qimmatbaho qurilma Samsung Galaxy S20+ böldi. U bozorning 1,7 foizlik uluşi bilan 3-örinni egallagan. Röyxatdan Samsung Galaxy A10s (1,6 foiz uluş), Redmi Note 8 (1,6 foiz) va Galaxy A20s (1,4 foiz) ham joy olgan.

Butun dunyoda 1-çorakda hammasi bölib 275 mlnta smartfon sotilgan. Bundan 86 foizi Android-smartfonlar hisobiga töğri keladi.