Bu haqda uning özi JSTga a'zo davlatlar vakillarining onlayn-formatda ötgan yiğilişida ma'lum qildi.

“Bu şaxsiy, oilaviy qaror va u JST manfaatlariga töğri keladi, deb işonaman”, deb aytgan 62 yoşli Azevedu.

JST rahbarining ta'kidlaşiça, uning öz lavozimidan barvaqt ketişi taşkilotga a'zo davlatlarga 2021 yilda ötkazilişi rejalaştirilayotgan JSTning 12-vazirlar anjumaniga tayyorgarlikdan e'tiborni çalğitmasdan yaqin oylarda unga voris topiş imkonini beradi. 

“Biz vorisimga nafaqat anjumanni ötkazişni, balki uşbu anjuman taşkilotning kelajagiga qanday mos kelişini rejalaştirişga vaqt berişimiz lozim. Yangi boş direktor öz lavozimini qança erta egallasa, şunça yaxşi böladi”, deb ta'kidlab ötilgan Azeveduning bayonotida.

Kelib çiqişi braziliyalik bölgan Azevedu uşbu lavozimni 2013 yil sentyabrdan beri egallab keladi. Uning uşbu lavozimdagi ikkinçi 4 yillik muddati 2017 yil sentyabrda boşlangan va 2021 yil avgusti oxirida tugaşi kerak edi.

JST qoidalariga köra, taşkilotga a'zo davlatlar yangi rahbarni yaqin oylarda tayinlaşlari kerak. Agar bu 1 sentyabrgaça yuz bermasa, unda JST rahbari lavozimini Azeveduning 4 örinbosaridan biri vaqtinça egallaydi.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp JST AQŞga adolatsiz munosabatda ekanini aytgan va özgarişlar yuz bermasa, taşkilotdan çiqib ketiş bilan tahdid qilgan.

Jumladan, Azevedu 14 maydagi yiğilişda “dunyoda çuqur özgarişlar bölayotgan bir vaqtda JST bir joyda qotib qololmasligini” aytgan.