Noma'lum qurolli guruh uyuştirgan hujum oqibatida jami 24 kişi halok bölgan, ularning köpçiligi yaqinda şu tuğruqxonada közi yorigan ayollardir. Öşa uni 18 çaqaloq onasiz qolgan. Şuningdek, ikki çaqaloq, akuşer-ginekolog va politsiyaçi halok bölgan.
Hozirça uşbu terakt uçun javobgarlikni heç bir guruh öz zimmasiga olmadi.
Tibbiyot muassasasiga hujum mahalliy vaqt bilan 12 may kuni kuni soat 10:00 atrofida boşlangan. Şifokorlardan biri BBC muxbiriga aytişiça, öşa vaqtda şifoxonada 140 kişi bölgan. Tuğruq bölimi «Çegarasiz şifokorlar» taşkiloti kömagida faoliyat yuritadi va u yerda bir neça xorijlik işlaydi.

Xabar qilinişiça, şifoxonaga bostirib kirgan jangarilar jarrohlik va terapevt bölimlariga kirmasdan darhol tuğruq bölimiga yönalgan.
Hujum guvohiga aylangan sotuvçining sözlariga köra, jangarilar heç kimni söroqqa tutmasdan öt oçişni boşlagan. Otişma boşlangan vaqtda homilador ayollardan birida tölğoq boşlangan.
Reuters agentligi xabarida aytilişiça, Zaynab ismli yana bir ayol jangarilar bostirib kirişi arafasida tuqqan. U farzandiga Umid ismini qöygan. Ma'lum bölişiça, u va turmuş örtoği yetti yildan beri farzandli böla olmayotgandi.

U otişma ovozi eşitila boşlaganida hojatxonada bölgan va ortga qaytişga şoşilgan. Ammo uning öğli bu vaqtda öldirilgandi. Zaynabning qaynonasi Zahro Muhammadiy şunday deydi: «Men kelinimni u farzandini yöqotmasligi uçun Kobulga olib kelgandim. Bugun endi jonsiz çaqaloqni olib Bomiyonga qaytamiz».

Afğon maxsus xizmatlari 100 nafar ayol va bolalarni qutqargan, qutqarilganlarning uç nafari xorij fuqarosi bölgan. Ma'lum qilinişiça, uç nafar jangari politsiyaçilar formasida şifoxona hududiga kirişgan, ularning barçasi otişma çoğida öldirilgan.










