Ötgan ikki hafta davomida Samarqandda 156 kişida koronavirus aniqlangan. Bu haqda Koronavirus Info telegram kanalida ma'lumot berildi.
«Samarqandda 12 may kuni 19 nafar, 15 may kuni 23 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bugun esa viloyatda yana 19 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi qayd etildi», deyilgan xabarda.
Manbada aytilişiça, viloyatda koronavirus asosan oltita «kasallik öçoqlari» orqali tarqalgan: «Birinçi öçoq Toyloq tumanida, ikkinçi öçoq Oqdaryo tumanida, uçinçi öçoq Payariq tumanida, törtinçi öçoq Iştixon tumanida, beşinçi öçoq Samarqand şahri va oltinçi öçoq xalqaro yuk taşiş avtomaşinasi haydovçisi bilan boğliq.
Ayni damda viloyatda aniqlangan bemorlar soni 261 nafarni, soğayganlar esa 154 nafarni (bugun 10 nafar bemor soğaygan) taşkil etmoqda. Hozirda davolanayotgan bemorlar soni böyiça Toşkent şahridan (293 nafar bemor davolanmoqda) keyin Samarqand viloyati (106 nafar bemor davolanmoqda) ikkinçi örinda turibdi», deyilgan xabarda.
Odamlar orasida Toyloq tumani Samarqanddagi koronavirus keng tarqalgan hudud ekani haqida miş-mişlar aprel oyi örtasida paydo bölgandi. Ma'lumot uçun, 26 apreldan buyon tumanga kiriş va çiqiş çeklangan. Tumandagi qişloqlar orasida ham blokpostlar örnatilgan bölib, har qanday kiriş va çiqiş ruxsat asosida amalga oşirilmoqda.












