Unda iştirok etgan Boş prokuraturaning matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov uşbu holat böyiça olib borilayotgan tergov harakatlari ma'lumotlari qaçon oçiqlanişi mumkinligi borasida töxtalib ötdi.

“Nafaqat hozirgi tergov, balki boşqa holat misolini oladigan bölsak, odamlar birpasda aybdorlarni topib, unga jazo tayinlab, hukm öqib yuborişadi. Bu notöğri. Nega? Özbekistonda konstitutsiya amal qiladi. Konstitutsiyada har bir fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasi belgilangan. Ya'ni heç bir şaxs aybi isbotlanmagunça, sud hukmi qonuniy kuçga kirmagunga qadar aybdor deb körsatilmasligi aniq belgilangan.
Huquqiy savodxonlikni oşiriş konstitutsiyani öqişdan boşlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda şu narsani muhokama qilib, barvaqt xulosa çiqarganlar avvalambor konstitutsiyani olib öqib, şu normani özlaştirib olişi kerak.
Jinoyat protsessual kodeksi talabiga köra, har qanday jinoyat işi böyiça 3 oy muddatdan oşmagan holda tergov tamomlanişi lozim. Zarurat bölgan paytda, jinoyat işining hajmiga qarab bu muddat 5 yoki 7 oygaça uzaytirilişi mumkin. Buning öz tartibi bor.
Tergov davomida JPK tartibiga köra, barça zaruriy tergov harakatlari amalga oşiriladi, maqbul dalillar töplanadi. Öşa paytda aybdor şaxslar doirasi aniqlanadi va tegişli tartibda JPK talablari asosida ularga ayb e'lon qilinadi, jinoyat işi tamomlanib, ayblov xulosasi mazmunan körib çiqiş uçun sudga yuboriladi”, dedi Hayot Şamsuddinov.
Unga köra, aybdor şaxslar sud hukmi qonuniy kuçga kirgandan keyingina ommaga ma'lum qilinadi.
“Familiyalarning oşkor qilinişi masalasiga kelsak, JPKda aniq körsatib ötilgan, odil sudlovni faqatgina sudlar amalga oşirişi mumkin.
Ya'ni jinoyat işi sudga yuborilgandan keyin, belgilangan muddatda körib çiqiladi. Tergov davomida töplangan dalillar maqbulligi tekşiriladi. Aybdor şaxslarning har biriga huquqiy baho berilib, şunga qarab jazo tayinlanadi hamda hukm çiqariladi. Öşa hukm qonuniy kuçga kirgandan keyingina aybdor şaxslarning töliq ism-şariflarini ommaga e'lon qiliş mumkin.
Aybdor şaxslarni aniqlab, jazosini berib, jazo muqarrarligini ta'minlaş vakolati faqatgina sudga berilgan”, deb ta'kidladi Boş prokuratura vakili.
Xalqaro press klub raisi Şerzod Qudratxöjayev tergov ma'lumotlarining oçiqlanişi jarayonga bosim bölişi mumkinligini qayd etib ötdi.












