Tadbir davomida boş prokurorning matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Hayot Şamsuddinov tegişli ma'lumotlar bilan örtoqlaşdi.

«Sardobadagi hodisa yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boşqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Sardobadagi obekt buyurtmaçisi - «Sirdaryo qurilişinvest» DUK. Bu sobiq Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi «15-sonli qurilayotgan obektlar birlaşgan direksiyasi» böla turib, boş pudratçi sifatida «Özbekiston temir yöllari» AJga qaraşli «Öztemiryölqurilişmontaj» UK qatnaşgan. Quriliş işlariga 28ta subpudratçilar jalb etilgan. Loyihaçi sifatida «Uzgip» MÇJ iştirok etgan, loyihasi qiymati 1,2 trln sömni taşkil qilgan. Moliyalaştiriş manbasi budjet mablağlari hisobidan bölgan.

Jinoyat işi böyiça Davlat xavfsizlik xizmati hamda Içki işlar vazirligining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi taşkil qilingan. Jinoyat işi böyiça quyidagi asosiy tergov taxminlari, ya'ni versiyalar oldinga surilib, tekşirilmoqda:

1. Loyihalaşdagi xatoliklar.
2. Quriliş me'yorlariga rioya etmaslik.
3. Ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar.
4. Tabiiy ofat.

Tergov taxminlarini tekşiriş maqsadida, dastlabki tergov davomida jami 170 nafardan ziyod şaxslar tergov guruhi a'zolari tomonidan guvoh tariqasida söroq qilinib, suv omborini loyihalaştiriş, qurilişi va ekspluatatsiya qiliş jarayonlari töğrisida körsatmalar olindi. Jinoyat işi doirasida 10tadan ortiq ekspertiza va laboratoriya tahliliy tadqiqotlar tayinlandi», - dedi Hayot Şamsuddinov.

«Sardoba» fojiasi yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi böyiça 4ta tergov versiyasi tekşirilmoqda - Boş prokuratura

«Sardoba» fojiasi yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi böyiça 4ta tergov versiyasi tekşirilmoqda - Boş prokuratura 👉 https://kun.uz/54260498

Posted by

Kun.uz

on Saturday, May 16, 2020

Şu jumladan, suv ombori töğoni loyihaga mos ravişda qurilgani, eksplutatsiya qoidalariga rioya etilgani, hisobotlarda aks ettirilgan eksplutatsiya xarajatlari va ularning haqiqatda bajarilgani, moliyaviy xöjalik hisobotlari töğri yuritilgani tekşirilmoqda. Töğonning hozirgi holatini örganiş, suv va tuproqning fizik xossalarini aniqlaş maqsadida taftiş va nazorat ölçovlari taiynlangan.