Uning sözlariga köra, Sirdaryo viloyati böyiça mingga yaqin volontyor işlamoqda. Ularning faoliyati uçta yönalişda taşkil etilgan. Birinçidan, butun Özbekistondan kelayotgan xayriyalarni qabul qilib, tartib bilan joylaştirişmoqda. Ikkinçidan, evakuatsiya qilingan joylardagi keksalar, yoş oilalarning farzandlari oldida bölib, ularni qöllab-quvvatlaşmoqda, xizmatlarini qilişmoqda. Uçinçi yönalişda “Fidokor yoşlar otryadlari” taşkil etilgan bölib, ular quriliş obektlaridagi iş jarayonlariga jalb qilingan.
“Bu - yoşlarning jarayonga befarq emasligi, şu vaziyatda öz örnini körsatişni istagani, xalqimiz boşiga kelgan sinovli kunlarda bir çetda turib emas, jarayon markazida iştirok etişni xohlaşining yaqqol misoli, deb öylayman”, dedi Alişer Sa'dullayev.












