17 may kuni Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani va sobiq boş vazir Abdulla Abdulla tomonidan imzolangan kelişuv etnik özbeklar yetakçisi general Abdulraşid Döstumga mamlakat marşali unvoni berişni közda tutadi. Bu haqda Tolo News xabar bermoqda.

«Sobiq vitse-prezident, general Abdulraşid Döstum prezident farmoniga binoan marşal unvonini oladi. U, şuningdek, Oliy hukumat kengaşi va Milliy xavfsizlik kengaşiga a'zo böladi», - deyiladi kelişuv matnida.

Avvalroq, Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani va uning siyosiy raqibi bölgan sobiq boş vazir Abdulla Abdulla yakşanba kuni hokimiyatni taqsimlaş töğrisida siyosiy kelişuvga erişgani xabar qilingan edi.

Ötgan yilning sentabr oyida bölib ötgan prezidentlik saylovlaridan keyin ikki nomzod bir vaqtning özida prezidentlik qasamyodini qabul qildi: amaldagi prezident Aşraf Ğani ham, mamlakat boş vaziri Abdulla Abdulla ham öz ğalabasi töğrisida e'lon qildi.

Afğoniston Markaziy saylov komissiyasi Ğani kiçik farq bilan ğalaba qozonganini ma'lum qildi, ammo Abdulla ovoz beriş natijalari soxtalaştirilgan deb hisoblaşini bildirdi.

Gani va Abdulla bir vaqtning özida inauguratsiya marosimini ötkazgan mart oyidan beri siyosatçilar özaro kelib olişga harakat qilişdi. Endi esa ular kelişuvga imzo çekişdi, unga köra Ğani prezident bölib qoladi, lekin Abdulla hukumatga vazirlarni xuddi davlat rahbari sifatida tayinlaş huquqini oladi.

Özbekiston Afğonistonning siyosiy yetakçilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yaraşuv böyiça Oliy kengaşni taşkil etiş töğrisidagi kelişuvga erişilganini qöllab-quvvatladi.