Ötgan yilning sentabr oyidagi prezidentlik saylovlaridan keyin ikki nomzod ham prezidentlik uçun qasamyod qilgandi: amaldagi prezident Aşraf Ğani ham, mamlakat boş vaziri Abdulloh Abdulloh ham saylovda ğalaba qozonganini e'lon qilgandi.
Afğoniston markaziy saylov komissiyasi Ğani saylovda kiçik farq bilan ğalaba qozonganini ma'lum qilgandi, ammo Abdulloh natijalar soxtalaştirilganini aytgandi.
Afğoniston: AQŞ harbiylarini olib ketmoqda, mamlakatda ikki nomzod prezidentlikka qasamyod qilgan
Mart oyida ikki nomzod ham bir vaqtda inauguratsiya marosimini ötkazdi, öşa vaqtdan buyon siyosatçilar muzokara ötkazib kelayotgandi. Endi ular tuzgan kelişuvga köra, Ğani prezidentlik lavozimini saqlab qoladi, ammo Abdulloh ham hukumatni şakllantirişda xuddi davlat rahbarinikiga teng vakolatlar saqlab qoladi - ikki siyosatçi ham teng miqdorda vazirlarni tayinlaş huquqiga ega böladi.
Reuters agentligi xabar qilişiça, ikki siyosatçining ta'sir doirasini belgilaş böyiça muzokaralari davom etadi.
Şu tariqa, Afğonistonda prezidentlik saylovlarigaça bölgan balans tiklandi.
«Tolibon» harakati bilan muzokaralar tiklanadigan bölsa, hukumat nomidan Abdulloh Abdulloh iştirok etadi.
«Tarixiy kun»
Kelişuv imzolangaç, asli köz şifokori bölgan Abdulloh tvitterda uşbu bitim «tinçlik sari yöl oçiş, boşqaruvni takomillaştiriş va inson huquqlarini himoya qiliş» uçun tuzilganini qayd etib ötdi.
«Endi biz millat sifatida birlaşişimiz va amaliy yeçimlarga intilişimiz kerak», deya yozgan boş vazir.
Deeply pained by the loss of precious lives over the past weeks across the country from Harirud to Kabul, Ningarhar & other provinces, I express sympathy to families & assure all Afghans that we aim to protect & serve them honestly & with commitment to their welfare 1/4 pic.twitter.com/NstvejrYYo
— Dr. Abdullah Abdullah (@DrabdullahCE) May 17, 2020









