Mamlakatlar tomonidan tegişli vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat delegatsiyalar iştirok etdi, deb ma'lum qildi Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi.
Qayd etilişiça, Bitim asosida muayyan buyumlarga nisbatan bojxona bojlari qöllanilmaydi yoki ularning stavkasi sezilarli darajada pasaytiriladi.
Muzokaralarda Bitim loyihasi moddalari körib çiqilmoqda va imtiyozli savdo rejimi qöllanilişi rejalaştirilayotgan Özbekiston va Turkiyada işlab çiqarilgan tovarlarning röyxatlari örganilmoqda.

«Turk tomoni Turkiya savdo vazirligi Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga kirişi uçun zarur texnik yordam berişga, şu jumladan, dempingga qarşi va kompensatsiya bojlarini, himoya çoralarini qöllaş, şuningdek, qişloq xöjaligi sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlarini subsidiyalaş mexanizmlari masalalari böyiça maslahat berişga tayyor ekanini bildirdi», – deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyevning şu yil fevraldagi Turkiyaga taşrifi vaqtida tomonlar özaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazişga kelişib olgan edi.












