Vohidjon Ahmadjonovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, xalqaro tajribada suv omborlari konstruksiyasi har xil bölişi kuzatiladi: ular betondan yoki tuproqdan qilingan bölişi mumkin, ayrim holatda toşdan qilinadi.
«Har bitta suv ombor qurilayotgan joyning relefidan kelib çiqib, uni konstruksiyasi tanlanadi. Töğonning qanday tipda bölişi, uni qanday qurilişi, texnologiyasi öşa joyning relef, geologiyasiga qarab tanlanadi. Relef yassi bölgan joylarda, asosan, tuproq-toş aralaş töğonlar quriladi. Misol uçun, bizda beton töğonlar ham bor. Bunga Andijon suv ombori misol böla oladi. Uning relefi şunga mos, ya'ni katta toğoldi hududida barpo etilgan. Ikki toğning örtasini dara deymiz. Öşaning oldinni yopsak, juda katta suv ombori hosil böladi. Bunda köpinça temir beton yoki temirli konstruksiyadan foydalaniladi.
Qanday konstruksiyadan foydalanişingizdan qat'iy nazar, birinçi navbatda, işlar quriliş me'yorlari asosida amal oşiriladi. Quriliş me'yorlarisiz, uni xohlaganingizça qura olmaymiz. Şunga asosan hisob-kitoblar qilinadi. Loyiha tuziladi, loyiha ekspertizadan ötkaziladi, tasdiqlanadi. Şundan söng quriliş işlari boşlanadi», – dedi Ahmadjonov.
Suv xöjaligi vaziri örinbosarining aytişiça, Sardobadagi suv ombori qurilişi 2010 yilda boşlangan bölib, 2017 yilgaça davom etgan.
«Har bir qurilişda ham özining texnogen jarayoni bor. Misol uçun, töğonning 32 metrgaça bölgan qismi bor. Töğonning eng baland joyi hisoblanadi. Bunda har bir qatlam qilinayotganda santimetrma-santimetr tuproq yotqiziladi. Xohlagan tuproğingizni olib kelavermaysiz. Alohida fraksiyaga, alohida tarkibga javob beradigan tuproq böladi. Bunga alohida joy tanlanadi. Öşa joyni geologlar aniqlab beradi. Demak, mana şu tuproqning tipiga mos bölgan turi tanlanadi. Öşa olib kelinadi va yotqizilib, bir neça marta katoklar yordamida ziçlanadi. Oddiy tuproqqa nisbatan bu tuproq şu darajada ziçlanadiki, uning ziçligi oşiriladi. Deylik, xalq tili bilan aytganda, u şunaqa darajaga olib kelinadiki, ketmon bilan yoki belkurak bilan urib uni köçira olmaysiz. Şunaqa darajada ziçlanadi. Şundan söng asta-sekin uning texnologiya bilan yotqizib beriladi.
Köplar savol berişi mumkin bu yetti yil qurildimi, deb. Ikki yilda ham quriş mumkin, agar texnologiya bölmasa. Aynan mana şu mavjud texnologiyalar uni bosqiçma-bosqiç asta-sekin, qatlamma-qatlam kötariş talab etiladi. Şuning uçun ham juda katta texnika, juda katta mutaxassislar böladi va doimiy texnologiya asosida qurib boriladi.
Umuman, uning nazorati töğrisida gapiradigan bölsak, ijtimoiy tarmoqlarda ham köp çiqyapti: «Armatura qöymagan, beton quyilmagan», deb. Bunaqa tipdagi suv omborlarda temir beton, armatura konstruksiyasi töğonning özining dambasiga işlatilmaydi. Mana suv çiqariş inşooti bor. Öşa joyda töliq betondan qilinadi. Loyihaçilar tomonidan hisob-kitob qilinadi: qaysi joy temirdan bölişi kerak, qaysi joy betondan bölişi kerak, qaysi joy tuproqdan, toşdan bölişi kerak. Sardoba suv ombori asosiy töğonning özi ziçlangan maxsus tuproqdan bölgan. Uning yuza qismi qismiga töliq xarsang toşlar tökilgan bölgan. Demak, toşli va tuproqli suv ombor bu.













