Yaponiya rasmiylari virus tarqalishi oldini olish uchun tog‘ga ko‘tarilishni istovchilarga uning yonbag‘irlarini yopishga qaror qilishdi.

“Yaponiyaning eng baland cho‘qqisiga olib boruvchi 4 ta asosiy yo‘nalishdan 3 tasini boshqaruvchi Sidzuoka prefekturasi ma'muriyati joriy yilda tog‘ga chiqish uchun yo‘nalishlardan birortasi ochilmasligini e'lon qildi”, deyilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, Yamanasi prefekturasi ham cho‘qqiga ko‘tarilishda qo‘llanuvchi 4-yo‘nalishning yopilishi haqida e'lon qilgan. Fudziyamaga ko‘tarilish mavsumi odatda iyuldan sentyabrgacha davom etadi.