Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi davlat xaridlari böyiça maxsus axborot portali xarid.uz ning operatori sifatida elektron tanlov va tender savdo tizimini etender.uzex.uz yangi vebsaytida işga tuşirdi.

Davlat xaridlari böyiça yangi elektron savdo tizimi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 dekabrdagi PQ-4544-son «Davlat xaridlari tizimini yanada takomillaştiriş va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub'yektlarini keng jalb qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq işlab çiqildi va joriy etildi. Bu 2020 yil – «Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili»da birja tomonidan amalga oşirilgan ikkinçi (birinçi loyiha – yangilangan KYaS) yirik loyiha hisoblanadi.

Davlat xaridlari böyiça yangi tizimni yaratişdan közlangan asosiy maqsad tanlov va tenderlarning şaffofligi va samaradorligini oşiriş, hamda davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub'yektlarini keng jalb qilişdan iboratdir.

Davlat xaridlari böyiça tanlov va tenderlarni yangi tartibda ötkazilişi bir qator afzalliklarga ega, şu jumladan:

1. Tanlov va tenderlar elektron şaklda ötkaziladi. Tanlov va tenderlarda buyurtmaçi va yetkazib beruvçilar aksariyat operatsiyalarni şaxsiy kabinet orqali amalga oşiradilar. Masalan, tanlov va tenderda iştirok etiş uçun barça hujjatlar elektron şaklda yuboriladi. Bundan avval uşbu hujjatlar konvertda, ya'ni qoğoz şaklida yuborilar edi.

2. Yetkazib beruvçilarning takliflari belgilangan mezonlar asosida avtomatik tarzda baholanadi. Tanlov va tender ğoliblarini aniqlaşning boşlanğiç bosqiçida kelib tuşgan takliflar belgilangan mezonlar asosida avtomatik tarzda, ya'ni inson omilisiz, elektron tizim tomonidan baholanadi.

3. Tanlov va tenderning ğoliblari şaffoflik va oşkoralik tamoyillari asosida aniqlanadi. Tanlov yoki tender yakunlariga köra qabul qilinadigan qarorlar elektron bayonnoma şaklida xarid komissiyasi a'zolari tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylaştiriladi. Savdo ğolibi bilan şartnoma ham elektron şaklda tuzilib, taraflarning elektron raqamli imzo bilan imzolanadi va şartnomalar reyestriga kiritiladi. Şuningdek tanlov va tenderning natijalari davlat xaridlari böyiça maxsus axborot portalida oşkor etiladi.