2021 yil 3-10 iyun kunlari Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi vakillari AQŞga xizmat safarini uyuştirişdi.
Taşrifning ikkinçi qismida birja vakillari AQŞning yirik moliya va brokerlik kompaniyalari bilan uçraşuvlar ötkazişdi, şuningdek, Çikago tovar birjasi guruhi (CME Group), Nyu-York tovar birjasi (NYMEX), Nyu-York fond birjasi (NYSE), Yuqori texnologiyalar böyiça fond birjasiga (Nasdaq) tanişuv taşrifi uyuştirildi.
Xususan, birja vakillarining “Auerbach Grayson & Company LLC” kompaniyasining (Nyu-York) boşliği Devid Greyson (David Grayson) bilan uçraşuvi ötkazilib, tomonlar örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.
Memorandumga köra, Özbekiston birjasi fyuçers savdolarini taşkillaştirişda AQŞ amaliyotini çuqur örganiş, konsalting xizmatlaridan foydalaniş va tovar segmentida fyuçers şartnomalarini joriy etiş yönalişlarida “Auerbach Grayson & Company LLC” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.
Ta'kidlaş joizki, “Auerbach Grayson & Company LLC” kompaniyasi 1993 yilda taşkil topgan bölib, kompaniya institutsional investorlik böyiça kapital bozorlarga sarmoya kiritiş bilan şuğullanadi. Mazkur xalqaro brokerlik idorasi dunyoning köplab hududiy birjalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini örnatgan.
Şuningdek, UZEX birjasi vakillari “Broker-Junction LLC” brokerlik kompaniyasining boşliği Armin Fatxi (Armin Fathi) bilan muzokaralar ötkazişdi. Ötkazilgan muzokaralar natijasida fyuçers bozori iştirokçilari (xejyerlar, savdogarlar va marketmeykerlar) hamda mahalliy brokerlik idoralari va treyderlarga fyuçers savdolarini örgatiş va ularni muddatli bozorlarga tayyorlaş böyiça hamkorlik qilişga kelişib olindi.

“Broker-Junction LLC” kompaniyasi 2005 yildan buyon AQŞning Çikago tovar birjasi (CME) va Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) faoliyat yuritadi. Kompaniya mijozlarga fyuçers savdolarida iştirok etiş va brokerlik litsenziyani oliş uçun tayyorlov öquv-amaliy kurslarini taşkillaştiriş bilan şuğullanadi. “Broker-Junction LLC” kompaniyasi AQŞning Tovar fyuçers savdolari böyiça komissiyasidan (CFTC) röyxatdan ötkazilgan va Fyuçerslar milliy uyuşmasining (NFA) a'zosi hisoblanadi.
Mazkur yönalişda Amerikaning boşqa öquv markazlari bilan ham dastlabki kelişuvlarga erişilib, ularga köra birja xodimlari, brokerlik idoralari, treyderlar va fyuçers savdo iştirokçilarini tayyorlaş hamda malakasini oşiriş böyiça onlayn-öquv kurslari taşkillaştiriladi.












