Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 martdagi «Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotiş jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etişni davom ettiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-5031-son Qarorining ijrosini ta’minlaş doirasida birjada birja savdolari va elektron tijorat sohalarida bir qator yangi loyihalar işga tuşirildi.
Xususan, davlat xaridlari tizimida şaffoflikni oşiriş va qöşimça qulayliklarni yaratiş maqsadida 2021 yilda xarid.uzex.uz yagona portali joriy etildi. Ötgan yilning özida portalda umumiy hajmi 11 trln sömga teng 1 millionta şartnoma tuzilgan edi.
2022 yil yanvar–mart oylarida esa davlat xaridlari böyiça elektron savdo tizimida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan uç marotabaga oşib, qariyb 4,2 trln sömni taşkil qildi. Bunda budjet va korporativ buyurtmaçilari mablağlari tejalişi ham uç marotabaga ösib, 879,2 mlrd sömga teng böldi.
UZEX matbuot xizmati Ⓣ











