Sönggi yillarda UZEX birjasida sezilarli darajada ösiş kuzatilmoqda. Prezidentimizning 2021 yil 17 martda qabul qilingan "Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotiş jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etişni davom ettiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qaroriga muvofiq, oçiq birja savdolari orqali sotiladigan tovarlarning röyxati kengaytirildi, barça xöjalik yurituvçi sub’yektlar, jumladan, tadbirkorlarning tovar resurslaridan foydalaniş imkoniyati oşdi, soğlom raqobat kuçaydi va real bozor şaroitlarini hisobga olgan holda, tovarlarga narx belgilaşning zamonaviy mexanizmi joriy etildi.
Şuningdek, 2022 yil yanvar-mart oylarida Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasining barça savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2021 yilning I çoragiga nisbatan 50,6%ga va 2019 yilning mos davriga nisbatan esa qariyb uç marotabaga ösib, 26,7 trln sömni taşkil qildi.
Körib çiqilayotgan davrda birjada röyxatdan ötgan yangi mijozlarning soni ötgan yilga nisbatan deyarli tört marotabaga ösib 33,6 ming savdo iştirokçisini taşkil qildi. Bu, öz navbatida, tadbirkorlarning bozor tamoyillariga asoslangan zamonaviy va şaffof savdo turlariga bölgan qiziqişlari ortganidan dalolat beradi.
2022 yil yanvar-mart oylarida davlat xaridlari böyiça elektron savdo tizimi xarid.uzex.uz’da tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan uç marotabaga oşib, qariyb 4,2 trln sömni taşkil qildi. Bunda budjet va korporativ buyurtmaçilari mablağlarining tejalişi ham uç marotabaga ösib, 879,2 mlrd sömga teng böldi.
UZEX matbuot xizmati Ⓣ












