2020 yil yanvar-aprel oylari yakuni böyiça Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi (TSA) 10,8 mlrd AQŞ dollarini taşkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 1,2 mlrd AQŞ dollariga yoki 10,7 foizga kamaydi.
Davstatqöm xabariga köra, TSAda eksport hajmi 4,4 mlrd AQŞ dollariga (10,6 foizga kamaydi) va import hajmi 6,4 mlrd AQŞ dollariga yetdi (10,8 foizga kamaydi). Hisobot davrida 1,9 mlrd AQŞ dollari qiymatida passiv taşqi savdo balansi qayd etildi.
Özbekiston, jahonning 150dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oşirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasida (16,7 foiz), Xitoy Xalq Respublikasida (16,6 foiz), Qozoğistonda (8,3 foiz), Koreya Respublikasida (7,4 foiz), Turkiyada (5,6 foiz), Qirğiziston Respublikasida (2,0 foiz) va Germaniyada (2,0 foiz) qayd etilgan.
Taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça 20ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol taşqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afğoniston (213,7 mln. AQŞ dollari), Qirğiziston Respublikasi (138,8 mln. AQŞ dollari), Tojikiston (93,7 mln. AQŞ dollari), Turkiya (42,8 mln. AQŞ dollari), Fransiya (23,6 mln. AQŞ dollari) va Eron (8,0 mln. AQŞ dollari) şular jumlasidandir. Qolgan 14ta davlat bilan passiv taşqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
2020 yil yanvar-aprel oylarida, taşqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining uluşi 35,1 foizni taşkil etib, taşqi savdo aylanmasidagi 2018 yilga nisbatan uluşi 3,1 foizga oşgan.












