Muzeyni taşkil etiş haqida davlat rahbari şu yilning 11 yanvarida poytaxtdagi bunyodkorlik işlari bilan tanişuv çoğida tavsiyalar bergan edi. Adiblar xiyoboni yonidagi bino rekonstruksiya qilinib, mazkur muzey şu yerga joylaştirildi.
«Buyuk ipak yölining gavjum çorrahasida joylaşgan Toşkent asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va ma'rifat markazlaridan bölib kelgan. Vatanimizning oltin ostonasi bölmiş poytaxtimiz bugungi kunda yanada rivojlanib, gözal va obod megapolislardan biriga aylanib bormoqda. Lekin şunday katta şahar şu vaqtga qadar özining muzeyiga ega emas edi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Toşkent şahri muzeyi 2200 yillik tarixga ega bölgan hududning qadim ötmişi, urf-odat va an'analari, ilm-fani, madaniyati va san'atini özida aks ettiradi. Hozirgaça bu yerda mingga yaqin eksponatlar töplangan. Muzey fondini boyitiş izçil davom ettirilmoqda.

Birinçi qavatda «Toşkent – ilm-fan markazi», «Toşkent – bağrikenglik şahri», «Amaliy san'at. Kundalik hayot va madaniyat» deb nomlangan ekspozitsiyalar taşkil etilgan.
Ikkinçi qavatda qadimiy iş qurollari, xöjalik buyumlari, qadamjolarning maketlari namoyişga qöyilgan.
Eksponatlarga özbek, rus va ingliz tillaridagi matnlar bilan şarh beriladi. Monitorlar, infokiosklar va boşqa texnologiyalar yordamida qöşimça ma'lumotlar taqdim etiladi.
«Bu birinçi qadam. Toşkentda ilmiy tadqiqotlar uçun juda katta manba bor. Lekin şu paytgaça yaxlit va töliq örganilmagan. Endi 2200 yillik tarixni davrma-davr örganiş, muzeyni aşyoviy dalillar bilan boyitib, şahar sivilizatsiyasini töla yuzaga çiqariş kerak», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu maqsadda ilmiy-tadqiqot instituti taşkil qiliş, arxeologlarga şaroit yaratiş, izlanişlar natijasi böyiça kitoblar çop etiş zarurligi ta'kidlandi.
Mahalla va maktab yoşlarini bu yerga olib keliş, boşqa şaharlarda ham şunday muzeylar taşkil etiş böyiça körsatmalar berildi.




























