1 gektardan ziyod maydonda taşkil qilingan mazkur klaster joriy yil 1 maydan işga tuşdi.

Kooperatsiya usulida 50ta xonadonga quyonlar tarqatilib, ulardagi odamlar bandligi ta'minlandi. Şuningdek, quyon terisini oşlaş va teridan telpak tikiş sexida 20ta iş joyi yaratiladi.

Korxonaga «Kaliforniya», «Yangi Zelandiya», «Flander», «Reks» va «Velikan» zotli 1000 boş quyon olib kelingan bölib, bir yil davomida ular soni 30 ming boşga yetişi kutilmoqda. 

Quyonçilik klasteri tomonidan bir yilda jami 3 milliard sömlikdan ziyod mahsulot işlab çiqariş, 150 ming dollarlik eksport qiliş rejalaştirilgan.

Şu yerda çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik korxonalari salohiyati haqida ma'lumot berildi.

«Andijonda çorva kam, göşt boşqa joylardan olib kelinyapti. Quyon, parranda, baliq köpaytirilib, göşti iste'molga çiqarilsa, viloyatda göşt narxi tuşadi. Kambağal oilalarga tarqatilib, klasterlar tomonidan qayta sotib olinsa, ularga daromad böladi. Iqtisodiy kompleks va sektor rahbarlari şu bilan şuğullanişi kerak», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Viloyatda omixta yem işlab çiqarişni köpaytiriş, quyonçilikni 1 million boşga yetkaziş böyiça topşiriqlar berildi.