AOKAda ötkazilgan brifingda xorijiy mamlakatlardan fuqarolarni qaytariş böyiça amalga oşirilayotgan işlar töğrisida ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinişiça, xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda milliy aviakompaniya vakillari tomonidan vatanga qaytiş istagini bildirgan fuqarolarning röyxatlari şakllantirilgan.

Joriy yilning 11 mayidan 24 mayiga qadar fuqarolarni xorijdan olib keliş jadvali ham tayyorlangani ma'lum qilindi. 

Reyslar jadvali: 

13 may. Toşkent - Istanbul - Toşkent  7:40
14 may. Toşkent - Sankt-Peterburg - Toşkent 8:35
15 may. Toşkent - Dehli - Toşkent 12:00
16 may. Toşkent - Rostov-Don - Toşkent 11:00
17 may. Toşkent - Qozon - Toşkent 11:00
18 may. Toşkent - Moskva - Toşkent 7:20
19 may. Toşkent - Sankt-Peterburg - Toşkent 8:35
20 may. Toşkent - Moskva - Toşkent 7:20
21 may. Toşkent - Istanbul - Toşkent 7:40
22 may. Toşkent - London - Toşkent 14:00
23 may. Toşkent - Novosibirsk - Toşkent 13:00
24 may. Toşkent - Şarja - Toşkent 11:00.

Amalga oşiriladigan parvozlarga diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar röyxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va fuqarolar uşbu röyxat asosida havo kemasi bortiga kiritiladi.