PFLning sobiq direktori Davron Şoqurbonov 21 may kuni öz arizasiga köra işdan böşatilgandi. Taşkilotning yangi rahbari böliş uçun PFL direktori örinbosari vazifasida işlab kelayotgan Diyor Imomxöjayev tavsiya qilingan va uning nomzodi qöllab-quvvatlangan. U tez orada rasman taşkilotning vaqtinça rahbari sifatida e'lon qilinişi kutilmoqda.
PFL rasmiy saytida Şoqurbonovning vazifasidan ozod etilgani va uning örnini kim egallaşi haqida heç qanday ma'lumot yöq. Tribuna.uz muxbirining aniqlaşiça, Davron Şoqurbonovning iste'fosi qandaydir mojaro bilan boğliq emas.
Davron Şoqurbonov 2019 yil 17 iyunda PFL direktori etib tayinlangandi. Sobiq qanot hakami bölgan Şoqurbonov PFL direktorligiga kelişdan avval «Bunyodkor» klubida rahbarlik lavozimlarida işlagan. Uning keyingi faoliyatiga aniqlik kiritilmagan.
Ma'lumot uçun, Diyor Imomxöjayev 2017 yildan buyon PFLda faoliyat yuritib keladi. U dastavval taşkilot direktori maslahatçisi, keyinçalik direktor örinbosari bölib işlagan. Mutaxassisligi böyiça jurnalist hisoblangan Diyor Imomxöjayev ayni damda «Futbol TV» telekanalida futbol öyinlarini şarhlab boradi.
Muxlislar orasida «Sport» telekanalida «Futbol şarhi» körsatuvidagi tanqidiy çiqişlari, «Sokker klub» mualliflik dasturida kelişilgan öyinlar muammosini kötarib çiqqani bilan tanilgan. Matbuotda ham faoliyat yuritgan Diyor Imomxöjayev bir neça yil «Erudit Sport» gazetasidagi kolonkasida özbek futbolidagi haqidagi maqolalari bilan çiqiş qilgan.













