Dunyo musulmon davlatlaridagi vaziyat. Ulamolarning hayit namozi böyiça fatvolari
Hozir butun dunyoda koronavirus tarqalib, barça xalqlar, mamlakatlarni larzaga solib turgan bir payt. Şunday damlarda hayit bayrami yaqinlaşib kelmoqda. Xalqimiz Ramazon oyi kabi hayit bayramini ham intiqlik bilan kutadi.
Xöş, hayit bayramini qanday ötkazişimiz, hayit namozini qanday öqimoğimiz kerak? Bu borada muqaddas dinimizda kerakliça ma'lumot berilgan.
Agar dunyo miqyosida qaraydigan bölsak, hayit namozlarini öqiş ba'zi holatlardan kelib çiqib böynimizdan soqit böladi, deb ulamolar fatvo berişgan. Özbekiston musulmonlar idorasi raisi muftiy hazratlari Ramazon hayiti namozini öqiş böyiça bayonot bilan çiqiş qildilar. Bayonotda ham şu narsaga alohida töxtalib, kerakliça tuşuntiriş berildi.

2020 yilgi Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini pandemiya davrida jamoat bölib öqiş imkoniyati mavjud emasligi musulmonlarning zimmasidan uşbu ibodatni soqit qiladi. Şuningdek, uyda ehtiyoti peşin öqişga fatvo berildi.
Hayit namozini uyda ado etmoqçi bölgan inson ulamolarimiz fatvosiga asosan, çoşgoh, işroq namoziga öxşagan nafl ibodatlarini yakka tartibda öqişi mumkin.
Çoşgoh (zuho) namozini öqiş tartibi
Zuho namozi ikki rakatdan sakkiz rakatgaça öqilişi mumkin. Eng afzali tört rakatdan öqişdir. Ya'ni, hayit kuni bomdod namozini öqib, quyoş çiqqanidan söng nafl (çoşgoh) namozini öqişga niyat qilinadi. U tört rakatdan iborat böladi.
Birinçi rakatda niyat qilib, «Sano» duosi öqigandan söng Fotiha öqiladi. Keyin biror zam sura öqiladi. Rukuga boriladi, sajda qilinadi. Şu tartibda tört rakat öqiladi. Bu namoz yolğiz ado etiladi. Turmuş örtoq, aka-uka, qarindoşlar ham bu namozni yolğiz, ya'ni alohida-alohida öqişi maqsadga muvofiq böladi.
Karantin davrida hayit bayramini nişonlaş













