Hozir hammamizga ma'lumki, koronavirus pandemiyasi hukm surmoqda va u hali bartaraf bölganiça yöq. Bundan oldin Özbekiston musulmonlar idorasi raislari, muftiy hazratlarining karantin davrida jamoat namozlarini uyda öqiş hamda juma namozining örniga peşin namozlarini öqiş töğrisida fatvolari çiqqan edi.
Aslini olganda, juma namozi vojib, hayit namozining ham hukmi vojib. Şuning uçun fatvoning özi ham hayit namoziga öz ta'sirini ötkazadi.
Şu bilan birgalikda, muftiy hazratlari bu yil hayit namozlari jamoat bölib öqilmasligi töğrisida fatvolarini çiqardilar.
Asosiy omillardan biri, dinimiz nima uçun kelgan? Dinimiz insoniyatga manfaat yetkazib, zararni ketkaziş uçun kelgan. Ulamolarimiz, nafaqat Hanafiy mazhabi ulamolari, balki törtta mötabar maşab ulamolarining hammalari aytadiki, agar insoniyatga zarar keladigan bölsa, ana şu zararni ketkazişning hukmi vojib böladi. Inson zararni qabul qilmasligi, unga qarşi kuraşişi va şu zararning sabablari yölini tösiş musulmon bandaning zimmasiga vojib böladi. Şuning uçun ulamolarimiz köp qoidalarni işlab çiqqanlar, bu Qur'oni Karim va Hadisdan olingan qoidalar.

Bu qoidalarning biri şuki, foydani jalb qilişdan köra zararni ketkaziş oldinga qöyiladi.
Qoidalardan yana biri, kiçkina zarar bilan katta zarar ketkaziladi. Ya'niki, katta zarar bölgan pandemiyada odamlar jamlansa, tezda yuqmoqda. Hattoki ba'zi bir mamlakatlarda kuniga yuzlab insonlar vafot etmoqda. Katta zarar turgan paytda şariatdagi ba'zi bir hukmlar yengillaştiriladi.
Xususan, hayit namozini öqiş jamlanganda kasallikning yuqişi, odamlarga zarar bölişi ehtimoli köp bölganligi uçun mana şu fatvolar çiqarilgan. Çiqarilgan fatvolar bizning dinimizning maqsadlari, asoslari va ruhiyatlariga töğri keladigan fatvolar böladi. Şuning uçun yurtdoşlarimiz heç qanday taraddudga tuşmasliklari kerak.
Misol uçun, hayit namozini öqişimiz kerak edi, bizga vojib edi degan tuşunçalar bölişi mumkin. Bu borada ular gunohkor bölişmaydi. Çunki şariatning körsatmasiga muvofiq, fatvoga yurilyapti, zararning oldi olinyapti, aynan şariat ham şunga buyurganligi uçun, hayit namozini öqişmaganida gunohkor bölişmaydi. Çunki şar'iy fatvo ular uçun hujjat bölib turibdi.












