Özbekiston sement importiga taqiqni bekor qildi. Vazirlar Mahkamasining bu haqda 2020 yil 22 maydagi 309-son qarori qabul qilindi.
Bildirilişiça, respublikada amalga oşirilayotgan quriliş işlarini taqçil quriliş materiallari bilan uzluksiz ta'minlaş maqsadida qabul qilingan uşbu qaror bilan karantin davrida joriy etilgan muayyan çeklov bekor qilinmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Quriliş vazirligi va “Özsanoatquriliş materiallari” uyuşmasining 2020 yilning 23 mayidan mamlakatimizga sement olib kelinişini tiklaş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Davlat bojxona qömitasiga tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan import böyiça sement olib kirişda zarur hujjatlarning tezkor rasmiylaştirilişini ta'minlaydi.
Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 apreldagi 246-son qaroriga muvofiq Özbekistonga sement importi vaqtinça töxtatilgan edi.












