Qadrli va muhtaram vatandoşlar!

Avvalambor, siz azizlarni, yurtimizdagi barça mömin-musulmonlarni, nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-ukalarimiz, opa-singillarimizni, azmu şijoatli yoşlarimizni, iymon-e'tiqodli xalqimizni muborak Ramazon hayiti bilan çin qalbimdan tabriklab, samimiy tilaklarimni bildiraman.

Ramazoni şarif ezgulik, xayr-u saxovat va mehr-oqibat oyi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma'naviy hayotida azal-azaldan alohida örin egallab keladi.

Uşbu qutluğ oyda sabru qanoat, şukronalik, ruhiy poklaniş, mehr va kömakka muhtojlarga yanada e'tiborli böliş, savobli amallar qilişdek olijanob fazilatlar bu yil yurtimizda har qaçongidan ham yaqqol namoyon böldi, desam, öylaymanki, sizlar ham bu fikrga qöşilasiz.

Mard va matonatli xalqimiz koronavirus pandemiyasi, boşimizga tuşgan turli sinovlar va tabiiy ofatlar şaroitida “Olloh sabr-toqatli insonlar bilan birgadir”, degan ilohiy ögitga amal qilib, tuşkunlikka berilmasdan, yanada ahil va birdam bölib, insonparvarlik, hamjihatlikning yuksak numunasini körsatganini jahon hamjamiyati e'tirof etmoqda. Bu bilan har qança faxrlansak, arziydi.

Asrlar davomida xalqimiz ongida bağrikenglik, mehr-muruvvat, kattalarga hurmat, kiçiklarga izzat, mustahkam iroda kabi ibratli fazilatlarni şakllantirişda tabarruk Ramazon oyiga xos qadriyatlarning örni va ta'siri albatta beqiyosdir.

Bu yil karantin tufayli Ramazon amallari va ibodatlarini ado etişda yuzaga kelgan ma'lum qiyinçiliklarni töğri tuşunib, bu masalaga oqilona yondaşgan, ayni vaqtda “Saxovat va kömak” umumxalq harakatida faol iştirok etayotgan himmati baland tadbirkorlarimiz va fermerlarimizga, turli kasb egalari bölgan keksa-yu yoş barça vatandoşlarimizga şu uluğ ayyom kunlarida yana bir bor çuqur minnatdorçilik bildiraman.

Aziz döstlar!

Ma'lumki, hozirgi kunda butun dunyo ahli kabi biz ham koronavirus pandemiyasi bilan boğliq muşkul vaziyatni boşimizdan ötkazmoqdamiz. Şu örinda bir haqiqatni eslatib ötişni zarur, deb bilaman.

Karami keng Alloh taolo muqaddas Qur'oni karimda insonlarni mas'uliyatli sinov kunlarida sabr va qanoatli bölişga da'vat etib, “Albatta, qiyinçilik bilan birga yengillik ham bordir”, deb marhamat qiladi.

Çindan ham, har qaday taşviş ortida yengillik va yoruğlik borligini koronavirus kasalligidan soğayib çiqayotgan, tabiiy ofatlar tufayli uy-joyidan ayrilgan, lekin davlatimiz va el-yurtimizning katta yordami va kömagi bilan öz hayotini yangitdan yölga qöyib olayotgan minglab vatandoşlarimiz qalbdan his etmoqdalar.