Bu haqda kompaniya bayonotida ma'lum qilingan.
Tarmoqning birinçi antenna maçtalari Stokholm, Geteborg va Malmyo şaharlarida örnatilgan.
Yangi texnologiya axborotni 1 Gb/soniya tezlik bilan uzatişni ta'minlaydi, bu esa 4G tarmoğidan deyarli 4 marta tezroqdir. Biroq ayni vaqtda mavjud telefonlardan aksariyati yangi mobil aloqaning barça ustunliklaridan foydalaniş imkoniga ega emas. Tele2’ning çeklanmagan internetdan foydalanuvçi mijozlari 5G tarmoğiga avtomatik tarzda ulanadi.
Ta'kidlaş joiz, Tele2 bu borada özining raqobatçilari - Telia va Ericsson kompaniyalarini bir kunga ortda qoldirdi. Uşbu kompaniyalar 5G tarmoqlari 25 maydan işga tuşiriladi.
Bu orada Kirollik texnologiya universitetining radiotexnika böyiça professori Yens Sanderning ta'kidlaşiça, oddiy foydalanuvçi 5G tarmoqqa ötişda katta farqni sezmaydi. Yangi avloddagi tarmoq sanoat – umumiy tarmoqqa ulangan qurilmalar, haydovçisiz avtomobillar va kuçli tarmoqni talab qiluvçi boşqa jarayonlar uçun katta ahamiyatga ega.
Mutaxassisning ta'kidlaşiça, 5G tarmoği signal yetarliça kuçli bölmagan joylarda mobil aloqa bilan koplanganlik sifatini yaxşilay olmaydi.
5G tarmoği yuqori ötkaziş qobiliyatiga ega bölib, unda axborotni uzatişdagi rekord tezlik 25 Gb/soniyaga yetgan. Bunday tezlik 8K (Ultra HD) sifatdagi videoni real vaqt rejimida translatsiya qiliş imkonini beradi.
Ta'kidlaş joiz, 5G tarmoğini sinov rejimida işga tuşirgan ilk davlat aynan Şvetsiya hisoblanadi.












