Karantin çeklovlari tufayli bitiruvçilarning an'anaviy «Sönggi qönğiroq» tadbirlari ham ötkazilmadi.
Şunga qaramay, ma'lum bölişiça, Toşkent şahrining Bektemir tumanida bu an'anaviy marosim özgaça tarzda – ZOOM dasturi orqali taşkil etilgan.
Tuman xalq ta'limi bölimidan Kun.uz`ga ma'lum qilişlariça, masofadan ötkazilgan mazkur tadbirni ötkazişda nosozliklar yuzaga kelmasligi uçun tumanning barça örta ta'lim muassasalari uçun alohida vaqtlar belgilangan va maktab bitiruvçilari sönggi qönğiroq sadolarini eşitişga muvaffaq bölgan.

Masofaviy tadbirda öquvçi va bitiruvçilardan taşqari, Bektemir tumani xalq ta'limi bölimi mutasaddilari, maktab rahbarlari va öqituvçilar ham qatnaşişgan.
Ma'lumot uçun, yakunlangan öquv yilida tumandagi maktablarni 586 nafar 11-sinf bitiruvçilari tark etişmoqda.











