Qayd etiş kerakki, respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra Urgut tumani «yaşil» hudud sifatida qayd etilgan. Ammo sönggi kunlarda uşbu hududda karantin çoralari kuçaytirilişi uşbu hududda aholi orasida yangi kasallaniş holati aniqlangani bilan boğliq bölişi mumkin.
Samarqand viloyatida 22 may kuni 24 kişida koronavirus aniqlangandi, 25 may kuni yana 5 kişiga virusdan zararlaniş taşxisi qöyildi.
Şu vaqtgaça viloyatda jami 338 kişida koronavirus aniqlangan. Ularning 247 nafari tuzalgan va bir kişi virus sabab vafot etgan. Samarqand viloyati Toşkent şahri hamda Navoiy viloyati qatorida kasallik eng köp aniqlanayotgan hududlardan bölib turibdi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, 500 mingdan oşiq kişi istiqomat qiladigan Urgut tumanida 24 may kuni odamlar töplanişining oldini oliş maqsadida barça oziq-ovqat dökonlari ham yopildi. 25 may kunidan oziq-ovqat dökonlari faoliyatiga ruxsat berilgan. Tuman markazida va qişloqlar orasida blokpostlar taşkil etilib, har bir maşina tekşirilmoqda hamda dezinfeksiya qilinmoqda.
Oldinroq Samarqand viloyatining Payariq tumaniga, şuningdek, Past Darğom tumani markazi Juma şahriga kiriş va çiqiş çeklangandi. Odamlar orasidan koronavirus yuqtirganlar aniqlangani sabab viloyatda karantin çeklovlari kuçaytirilgan. Ayniqsa Samarqand şahri, Toyloq, Oqdaryo, Payariq, Past Darğom va endilikda Urgut tumanlarida nazorat kuçaygan. Köçalar, karantindagi uylar atrofi doimiy dezinfeksiya qilinmoqda. Karantinga olingan uylarning oldida 24 soatlik navbatçilik taşkil etilgan. Samarqand şahrida 25ta mobil reyd guruhlari işlamoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda har qanday avtomobil harakati çeklangani haqida xabarlar paydo bölgandi, ammo viloyatda stiker va maxsus ruxsatnomasi bor maşinalar harakati davom ettirilmoqda. Şunday bölsa-da, har bir maşina nazorat qilinib, «qizil» toifadagi hududlarda ular dezinfeksiya qilinmoqda.












