SSV boşqarma boşliği Bahromjon Egamberdiyevning sözlariga köra, sönggi 14 kunda 17ta charter reys 4056 fuqaro Özbekistonga qaytarilgan.
Sönggi ikki haftada çegara ötkaziş postlari orqali 11 216 kişi kirib kelgan.
Ular va ular bilan muloqotda bölganlar bilan birgalikda hisoblanganda, jami 20 035 fuqaro statsionar karantinga olingan.
Oxirgi ikki haftada Özbekistonda 734 kişiga Covid-19 taşxisi qöyildi, şundan 283 nafari – Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanidagi karantin markaziga joylaştirilgan fuqarolardir.
Xorijdan charter reyslar bilan olib kelinganlar orasida eng köp kasallaniş holati 14 may kungi «Sankt-Peterburg – Toşkent» charter reysi bilan boğliq: unda olib kelinganlarning 86 nafarida koronavirus aniqlangan.
Çegara ötkaziş postlari orqali kirib kelganlar orasida eng köp kasallaniş holati esa Qozoğiston Respublikasidan «Ğiştköprik» çegara postidan kirib kelgan fuqarolar orasida aniqlandi. Ularning soni 99 nafar.













