“Bugun Davlat xizmatlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, şuningdek, 1148 qisqa raqamli “işonç telefoni” orqali bir martalik nafaqa puli berişni sörab qilinayotgan murojaatlar soni ortdi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 maydagi “Aholini ijtimoiy himoya qiliş sohasida davlat xizmatlari körsatişning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida”gi qaroriga köra ariza beruvçi bola tuğilgan kundan boşlab 6 oy muddat içida “suyunçi puli”ni tayinlaşi uçun Davlat xizmatlari markaziga (DXM) borgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qiladi.
Tegişli sörovnoma budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga yuboriladi. Pensiya jamğarmasi öz navbatida nafaqani tayinlaş yoki rad etiş töğrisida qaror qabul qiladi. Nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qaçon va qayerdan oliş töğrisida ma'lumot, nafaqa tayinlaş rad etilganda rad etiş sabablari körsatilgan ma'lumot tegişli davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga elektron tarzda yuboriladi. Mazkur davlat xizmati körsatilgani uçun yiğim undirilmaydi.”, deya DXA axborot xizmati rahbari Sevara Zokirovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning ta'kidlaşiça, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 maydagi qarori bilan, şuningdek, dafn marosimi uçun nafaqa tayinlaş böyiça davlat xizmatlari körsatiş, Pensiya va nafaqa oluvçilar röyxatida mavjudligi haqida ma'lumotnoma beriş böyiça davlat xizmatlari körsatiş, pensiya va nafaqa miqdori töğrisida ma'lumotnoma beriş böyiça davlat xizmatlari körsatiş bilan boğliq ma'muriy reglamentlar tasdiqlangan.













