Uşbu vaksinaning koronavirusga qarşi qöllanişini dori vositalari böyiça milliy agentlik ma'qullagan. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Emlaşni Afina milliy universitetining “Attikon” şifoxonasi ötkazadi. Neakriti portalining ta'kidlaşiça, şunday emlaş dasturlari hozirda Avstraliya, Germaniya va Niderlandiyada ham ötkazilmoqda.
Ta'kidlanişiça, BsJning respirator kasalliklarga qarşi samarali ekani oxirgi 3 yil davomida ötkazilgan tadqiqot doirasida isbotlangan. Olimlar uşbu vaksina bilan emlangan odamlarda nafas yöllari infeksiyalari rivojlanişi xavfi 80 foizga past bölişini aniqlaşgan.
Mutaxassislarning fikriça, vaksina koronavirusga çaliniş xavfi guruhiga kiruvçi odamlarni himoyalaş imkonini beradi.
“Maxsus vaksina bölmaganda jamoaviy immunitetni silga qarşi vaksina kabi umumiy himoyani ta'minlovçi vaksinalar yordamida rivojlantiriş mumkin”, deb aytgan Afina milliy universitetining patologiya va infeksiyalar böyiça professori Evangelos Yamarellos.
Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga qarşi 100 dan köproq vaksina ustida iş olib borilmoqda. Ulardan 10 tasi ayni vaqtda AQŞ, Xitoy, Britaniya va Germaniyada klinik sinovlardan ötkazilmoqda.













