2020 yil oktyabrda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo chempionati-U19 musobaqasining qur'a tashlash va o‘yinlar o‘tkazilish tartibi aniq bo‘ldi.
Ishtirokchilar
O‘zbekiston mezbonlik qiladigan musobaqada 16ta jamoa ishtirok etadi. Ishtirokchi jamoalarning barchasi aniq bo‘lgan. Birinchi ishtirokchi musobaqa mezboni O‘zbekiston bo‘lgandi. 11ta jamoa saralash guruhlarida g‘olib bo‘lib final bosqichiga yo‘l olgan - Iroq, Qatar, Tojikiston, Eron, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Indoneziya. Saralash guruhlarida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ikkinchi o‘rin sohiblari (Laos, Vetnam, Yaman va Kambodja) ham final bosqichida qatnashadi.
Reyting
Guruh bosqichiga qur'a tashlashda jamoalar reytingga qarab savatchalarga ajratiladi. O‘zbekiston mezbon sifatida birinchi pog‘onada qayd etiladi va avtomatik tarzda «A» guruhining birinchi jamoasiga aylanadi. Jamoalar reytingi quyidagicha:
1. O‘zbekiston
2. Saudiya Arabistoni
3. Janubiy Koreya
4. Qatar
5. Yaponiya
6. Tojikiston
7. Avstraliya
8. Indoneziya
9. Malayziya
10. Iroq
11. Vetnam
12. Kambodja
13. Eron
14. Yaman
15. Bahrayn
16. Laos.
Demak jamoalar quyidagi tartibda savatchalarga ajratilgan:
1-savatchada O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Qatar;
2-savatchada Yaponiya, Tojikiston, Avstraliya, Indoneziya;
3-savatchada Malayziya, Iroq, Vetnam, Kambodja;
4-savatchada Eron, Yaman, Bahrayn, Laos.














