Koronavirus pandemiyasi turizm sohasiga salbiy ta'sir körsatdi, deb yozadi prezident matbuot xizmati. Jahon turizm taşkiloti ma'lumotlariga köra, 2020 yil yakunlari böyiça xalqaro sayohatlar 89 foizga, iş örinlari 74 milliontaga qisqarişi, sohadagi jami yöqotişlar 800 milliard dollarni taşkil etişi kutilmoqda.

Ma'lumki, joriy yil 16 martdan mamlakatimiz taşqi va içki turistlar uçun yopilgan edi. Oqibatda 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta mehmonxona öz faoliyatini töxtatdi.

Bu – gidlar, milliy hunarmandçilik, ziyoratgoh va sihatgohlar, umumiy ovqatlaniş, transport va boşqalar bilan qöşib hisoblaganda 250 mingdan ortiq aholi daromadiga jiddiy ta'sir qildi.

Pandemiyaning oqibatlarini yumşatiş maqsadida bu sohaga ham qator yengilliklar berildi. Jumladan, 1 750 ta sub'yektga mol-mulk, yer va ijtimoiy soliqlardan 60 milliard sömga yaqin imtiyoz taqdim etildi. Lekin bu imtiyoz va preferensiyalar vaqtinçalik. Doimiy barqaror rivojlaniş uçun esa pandemiya şaroitida işlaşga örganiş zarur.

Şu bois bu boradagi xorijiy tajriba örganildi. Xususan, «Uzbekistan. Safe travel guaranteed» («Özbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan») brendi ostida turistlar uçun sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi işlab çiqildi.

27 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyevga uşbu loyiha taqdimot qilindi. Şuningdek, davlat rahbari mamlakatda içki turizmni tiklaş va rivojlantiriş borasidagi rejalar bilan tanişdi.

Prezident birinçi bosqiçda «yaşil» hududlar örtasida içki turizmga ruxsat beriş zarurligini ta'kidladi.

Toğli joylar va köl böylarida yengil konstruksiyali dam oliş maskanlarini taşkil etiş böyiça körsatma berildi.

Hokimlar bilan birgalikda köçma dam oliş maskanlari dislokatsiyasi tasdiqlanib, elektron portalga joylaştiriladi.

Ikkinçi bosqiçda koronavirus kasalligi jilovlangan davlatlar röyxatini şakllantirib, ular bilan turizm aloqalarini bosqiçma-bosqiç tiklaş kerakligi ta'kidlandi.